
- 2
- 24.08.2026 13:23:00
- 1 min read
23-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va Ozarbayjon birinchi xonimi Mehribon Aliyevaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ular Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, turli ekspozitsiyalar, jumladan, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlariga bag‘ishlangan zallar hamda “Qur’on zali” bilan tanishdi. Mehmonlarga VII asrga oid va YUNESKOning “Jahon xotirasi” reyestriga kiritilgan Usmon Musʼhafi ham namoyish etildi.
Shuningdek, birinchi xonimlar Toshkentdagi “Oxun Guzar” shourumiga borib, o‘zbek hunarmandchiligi va milliy an’analariga oid mahsulotlar bilan tanishdi.