Zelenskiy Maskni Ukrainaning eng oliy davlat mukofotlaridan biri bilan mukofotladi

Zelenskiy Maskni Ukrainaning eng oliy davlat mukofotlaridan biri bilan mukofotladi
  • 1
  • 26.08.2026 17:45:00
  • 1 min read

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ilon Maskni inson hayoti va erkinligini himoya qilishdagi xizmatlari, shuningdek, Ukraina va AQSH xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Ozodlik” ordeni bilan taqdirladi.
“Ozodlik” ordeni Ukrainaning eng yuqori davlat mukofotlaridan biri hisoblanadi.
Maskning SpaceX kompaniyasi Ukrainada aloqa uchun foydalaniladigan Starlink sun’iy yo‘ldosh internet tizimini taqdim etib keladi. Ayni paytda Ukraina rasmiylari Starlink’dan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalasida Mask bilan muzokaralar olib bormoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News