
- 2
- 02.09.2026 13:52:00
- 1 min read
Jizzax viloyati Zafarobod tumani hokimi G‘ayratjon Eshpo‘latov 30-avgust kuni xizmat avtomobilida yo‘l-transport hodisasiga uchradi.
Ma’lum bo‘lishicha, hokimning KIA Seltos avtomobili katta yuk mashinasining orqa qismiga urilgan. Avtomobilni hokimning maktab yoshidagi o‘g‘li boshqargan. YTH oqibatida hokim va uning o‘g‘li jarohatlangan. Hokimning o‘ng soni va chap boldiri singan, u jonlantirish bo‘limida davolanmoqda. O‘g‘lining oyog‘i singan, ahvoli yaxshi.
Hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.