Robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan yoshlar mukofotlandi

Robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan yoshlar mukofotlandi
  • 4
  • 14.10.2026 09:50:00
  • 1 min read

O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o‘tkazilgan “First Global Challenge – 2026” xalqaro robototexnika musobaqasida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, jahon chempioni bo‘ldi. Jamoa 16 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 637 ball to‘pladi.

Prezident farmoniga muvofiq, jamoa bosh murabbiysi Ziyodulla Bo‘taxonov “Sodiq xizmatlari uchun” medali, jamoa sardori, texnik murabbiyi, a’zolari va menejerlari esa “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

13-oktabr kuni Toshkentdagi “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov, raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirok etdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News