
- 3
- 24.09.2026 16:39:00
- 1 min read
Si Szinpin va uning rafiqasi Pen Liyuan 23-sentabr kuni Vashingtonga bordi. Ularni Tramp va birinchi xonim Melaniya Tramp samolyot trapida kutib oldi.
Si Szinpin va Tramp samolyot yonida qo‘l berib ko‘rishib, bir necha daqiqa suhbatlashdi. Mehmonlarni kutib olish uchun qariyb 30 metr uzunlikdagi qizil gilam to‘shalgan.
Si Szinpinnig AQSHga uch kunlik davlat tashrifi davomida Oq uyda rasmiy kutib olish marosimi, ikki davlat rahbarlarining muzokaralari va davlat ziyofati o‘tkaziladi. Bu Si Szinpinning 2015-yildan beri AQSHga ilk davlat tashrifi hisoblanadi.