Dunyoning birinchi relssiz poyezdi ishga tushdi

Dunyoning birinchi relssiz poyezdi ishga tushdi
  • 0
  • 03.11.2025 16:34:00
  • 1 min read

Xitoyning Xunan provinsiyasidagi Chjujou shahrida dunyoda birinchi bo‘lib relssiz, ya’ni “aqlli poyezd” sinovdan o‘tkazilib, ishga tushirildi.

“Smart Track Train” deb nomlangan bu innovatsion transport vositasi maxsus virtual rels texnologiyasi yordamida harakatlanadi. Unda an’anaviy temir yo‘l mavjud emas — poyezd yo‘lga o‘rnatilgan sensorlar va raqamli yo‘nalish tizimi orqali “ko‘rish” qobiliyatiga ega. U o‘z yo‘lini avtomatik ravishda aniqlaydi va zarurat tug‘ilganda to‘xtaydi yoki buriladi.

Soatiga 70 km tezlikda harakatlana oladigan poyezd 500 nafar yo‘lovchini tashish imkoniyatiga ega. Mutaxassislar bu texnologiyani shahar transporti tarixidagi inqilobiy burilish deb atamoqda, chunki u metro va tramvay tizimlariga arzonroq va ekologik toza muqobil hisoblanadi.

Xitoylik muhandislar kelgusida bu tizimni boshqa yirik shaharlarga ham joriy etishni rejalashtirmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News