Ishlaydigan onalarga farzandi 1 yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi

Ishlaydigan onalarga farzandi 1 yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi
  • 3
  • 03.09.2026 18:30:00
  • 1 min read

O‘zbekistonda ishlaydigan onalarga farzandi 1 yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi. Yangi tartib bola parvarishi bilan band ota-onalarni ish va daromad bilan ta’minlashga qaratilgan.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni “Ijtimoiy reyestr”ga kiritishda faqat daromad emas, balki nogironlik, ko‘p bolalilik, surunkali kasallik va boshqa omillar ham hisobga olinadi.

Kelasi yildan reyestrga kiritilgan oilalarga farzandlarining bog‘cha, o‘quv markazi, yo‘lkira va oliygoh yotoqxonasi xarajatlarini qoplash uchun 12 oylik vaucher beriladi.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News