
- 3
- 15.07.2025 14:01:00
- 1 min read
Xitoyda zamonaviy texnologiyalar yana bir bor barchani hayratda qoldirdi. Internetda ish mashinalarini (ekskavator, yuk ko‘targich va boshqalar) masofadan boshqarayotgan operatorlarning videolari keng muhokama qilinmoqda.
Endilikda operatorlar maxsus boshqaruv kabinasida o‘tirib, o‘nlab kilometr uzoqlikdagi qurilish hududida joylashgan texnikani real vaqt rejimida boshqara oladi. Buning uchun yuqori tezlikdagi 5G aloqa tarmog‘i va HD kameralar tizimi ishlatilmoqda.
🔧 Bu usul:
- xavfli hududlarda ishlashni osonlashtiradi,
- inson xavfsizligini oshiradi,
- uzoq hududlarda malakali kadr yetishmasligi muammosini hal qiladi.