Özbekiston ingliz tilini biliş böyiça jahon reytingida past örinni egalladi

Özbekiston ingliz tilini biliş böyiça jahon reytingida past örinni egalladi
  • 5
  • 25.11.2026 15:54:00
  • 1 min read

Mamlakat 117 ta davlat va hudud orasida 101-örinni egalladi. Reytingdagi örni yaxşilangan bölsa-da, töplagan bali ötgan yilga nisbatan kamaydi.

Özbekiston EF English Proficiency Index 2026 reytingida 421 ball bilan 101-örinni egalladi. Ötgan yili mamlakat 429 ball bilan 104-örinda qayd etilgan edi. Ya’ni, Özbekiston uç poğona yuqoriladi, biroq natijasi 8 ballga pasaydi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Özbekiston Tojikistondan yuqori, ammo Turkmaniston, Qirğiziston va Qozoğistondan pastda qayd etildi.

Reytingda Şvetsiya 615 ball bilan birinçi örinni egalladi. Kuçli uçlikdan, şuningdek, Avstriya va Daniya joy oldi.
EF English Proficiency Index mamlakatlarda ingliz tilini biliş darajasini baholaydi. 2026-yilgi natijalar 117 ta davlat va hududdagi 2,3 milliondan ortiq katta yoşli insonning 2025-yilda topşirgan onlayn testlari asosida şakllantirilgan.

Reytingda 450 balldan past natija “juda past” daraja hisoblanadi. Biroq testlar köngillilar tomonidan topşirilgani sababli, indeks butun aholining ingliz tilini biliş darajasini töliq aks ettirmaydi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News