
- 2
- 26.08.2026 10:27:00
- 1 min read
Toshkent shahar va tuman hokimliklari, shahar boshqarmalari hamda ularga qarashli bo‘linmalarida ish vaqtini 8:00 dan 17:00 gacha o‘zgartirishni taklif qilmoqda.
Yangi tartib joriy etilsa, xodimlar ishni hozirgidan bir soat ertaroq boshlaydi va bir soat ertaroq tugatadi. Tushlik vaqti ham shunga mos ravishda o‘zgartiriladi.
Hokimlikka ko‘ra, bunday o‘zgarish davlat xizmatlari ish vaqtini aholi ehtiyojlariga moslashtirish, turli idoralar o‘rtasidagi ishlarni tezroq muvofiqlashtirish va ertalabki tirbandlikni kamaytirishga yordam berishi mumkin.
Taklif bo‘yicha jamoatchilik so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda. Uning natijalari 28-avgust kuni sarhisob qilinadi. Shundan so‘ng yakuniy qaror qabul qilinadi.