Olmaota–Toshkent poyezdida 1-oktabrdan ayollar vagoni yo‘lga qo‘yiladi

Olmaota–Toshkent poyezdida 1-oktabrdan ayollar vagoni yo‘lga qo‘yiladi
  • 2
  • 27.08.2026 12:48:00
  • 1 min read

Qozog‘istonning “Yo‘lovchi tashish” AJ 1-oktabrdan Olmaota–Toshkent xalqaro poyezdida ayollar vagonini yo‘lga qo‘yadi.

Yangi vagonda chiptalar faqat ayollarga sotiladi va yo‘lovchilarga ayol kuzatuvchilar xizmat ko‘rsatadi. 7 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar esa katta yoshli ayol hamrohligida vagonda yurishi mumkin.

Hozir Olmaota–Toshkent poyezdi har kuni qatnaydi. Ayollar vagoni joriy etilgach, Qozog‘istonda bunday vagonlar qatnaydigan yo‘nalishlar soni 14 taga yetadi.

Chipta temiryo‘l kassalaridan yoki rasmiy sayt orqali onlayn xarid qilinadi. Ayollar vagonidagi joylar chiptada “JN” belgisi bilan ko‘rsatiladi.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News