O‘zbekistonda ayollar erkaklardan uzoqroq umr ko‘radi

O‘zbekistonda ayollar erkaklardan uzoqroq umr ko‘radi
  • 2
  • 17.10.2025 13:43:00
  • 1 min read

2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, 90 yosh va undan katta fuqarolar soni 18 915 nafarni tashkil etadi. Ularning 66,3% ayol, 34,6% erkak. Eng ko‘p uzoq umr ko‘ruvchilar: Farg‘ona – 2 582, Toshkent shahar – 2 155, Qashqadaryo – 2 011, Surxondaryo – 1 799, Toshkent viloyati – 1 740. Demografik prognozlarga ko‘ra, uzoq umr ko‘ruvchilar soni 2030-yilda 44 016, 2040-yilda 93 971 nafarga yetadi. 2010-yilda o‘rtacha umr 73, 2024-yilda 75,1 yoshga yetgan. Uzoq umr ko‘rishning asosiy omillari: faol ijtimoiy hayot (76,3%) va genetik meros (38,8%). O‘zbekistondagi eng keksa fuqaro Farg‘onalik 130 yoshli Huvaydo momo hisoblanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News