Keniyada qurilayotgan 18 qavatli bino qulab tushdi

Keniyada qurilayotgan 18 qavatli bino qulab tushdi
  • 0
  • 24.10.2026 17:28:00
  • 1 min read

Keniyaning Nayrobi shahri markazida qurilayotgan 18 qavatli bino qulab tushdi. Hodisa vaqtida binoda odamlar bo‘lgan, vayronalar ostida o‘nlab kishi qolib ketgan bo‘lishi mumkin.

Politsiya bosh inspektori Duglas Kanyaning ma’lum qilishicha, vayronalar ostidan hozircha bir erkak qutqarib olingan. Ayni paytda qutqaruvchilar qolgan odamlarni izlash va ularni olib chiqish ishlarini davom ettirmoqda.

Nayrobi gubernatori Jonson Sakajaning aytishicha, bino qurilish me’yorlariga javob bermagan. U bino egasiga nisbatan sudga murojaat qilinishini bildirgan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News