11 yoshli o‘g‘lini 40 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ona qamaldi

11 yoshli o‘g‘lini 40 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ona qamaldi
  • 0
  • 05.08.2026 18:49:00
  • 1 min read

Surxondaryo viloyatida 11 yoshli o‘g‘lini 40 mln so‘mga sotishga uringan ayol sud hukmi bilan 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.
Tergovga ko‘ra, ayol xaridor bilan bolaning evaziga 40 mln so‘m olishga kelishgan. Uchrashuv vaqtida xaridor oldindan kelishilgan 20 mln so‘mni bergan paytda ayol huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, xaridor bu taklif noqonuniy ekanini anglab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan va tezkor tadbir nazorat ostida o‘tkazilgan.
Sudda ayol bu jinoyatni og‘ir moddiy ahvoli, ko‘p qarzlari, uy-joyi yo‘qligi va oilasi buzilgani sabab sodir etganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, farzandi o‘zi yaratib bera olmagan sharoitda yaxshi hayot kechirishini istagan. Sud ayolni odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topdi va unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bolaning vasiyligini belgilash masalasi esa mutasaddi idoralar zimmasiga yuklatildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News