Berlinda ayol 5 nafar egizakni dunyoga keltirdi

Berlinda ayol 5 nafar egizakni dunyoga keltirdi
  • 6
  • 10.11.2025 15:42:00
  • 1 min read

Berlinda ayol bir vaqtning o‘zida besh nafar egizakni dunyoga keltirdi. Tug‘uruq sentyabr oyi oxirida “Sharite” klinikasida 25 nafar shifokor ishtirokida kesarcha kesish orqali amalga oshirilgan. Ayol ikki qiz va uch o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Klinika ma’lumotiga ko‘ra, besh egizakning tabiiy yo‘l bilan tug‘ilishi 50 million homiladorlikdan faqat bittasida uchraydi. Hozirda ona va bolalar sog‘lom, ular shifokorlar nazoratida qolmoqda.
Shuningdek, Germaniyada bolali oilalarga har oy “bola nafaqasi” to‘lanadi: birinchi va ikkinchi bola uchun — 219 yevro, uchinchi bola uchun — 225 yevro, to‘rtinchi va undan keyingi bolalar uchun — 250 yevro. To‘lov bola 18 yoshgacha, o‘qiyotgan yoki ish izlayotgan bo‘lsa, 21 yoshgacha davom etadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News