
- 2
- 30.09.2025 07:52:00
- 1 min read

Markaziy bank o‘zbekistonliklar qaysi bankga o‘z omonatlarini ishonib topshirayotgani bo‘yicha raqamlarni ochiqladi.
Eng ko‘p mijozga ega bank — 1,6 milliondan ortiq omonatchiga ega NBU bo‘ldi. Ammo Kapitalbank jamg‘arma hajmi bo‘yicha yetakchi — 25 trillion so‘m, bu NBUdan 10 trillion so‘mga ko‘p.
🔍 O‘rtacha omonat miqdori:
• NBU — 8,9 mln so‘m
• Kapitalbank — 26,3 mln so‘m
• Xalq Banki — 5 mln so‘m (1 mln mijoz)
• Anorbank — 9,1 mln so‘m (845 ming mijoz)
• TBC Bank — rekordchi: 1 mijozga deyarli 30 mln so‘m
🏦 Davlat banklari mijoz soni bo‘yicha hali ham oldinda, lekin “kit” omonatchilar — ya’ni katta hisob egalari hamon xususiy banklarda qolmoqda.
Ilgari davlat banklari yirik korporativ mijozlarga tayanar edi, bugun esa xususiy banklar badavlat mijozlarni jalb qilmoqda.