Luvr museyidan nimalar o'g'irlandi?

Luvr museyidan nimalar o'g'irlandi?
  • 0
  • 20.10.2025 15:03:00
  • 1 min read

Parijdagi dunyoga mashhur Luvr muzeyida 19-oktabr kuni jinoyatchilar atigi 7 daqiqa ichida Fransiya imperatorlariga tegishli 9 ta bebaho taqinchoqni o‘g‘irlashdi:

🔹Imperatritsa Yevgeniyaning 212 ta marvarid, 1 998 ta olmos va 992 ta pushti qirrali olmos bilan bezatilgan tiarasi;

🔹2 438 ta olmos va 196 ta pushti qirrali olmosli dekorativ banti;

🔹1855-yilga oid “Imperatritsa Yevgeniya” broshkasi;

🔹Qirolicha Gortenziya hamda Qirolicha Mariya-Ameliyaga tegishli sapfir sirg‘alar to‘plami;

🔹Napoleon tomonidan Mariya-Luizaga to‘y sovg‘asi sifatida berilgan zumrad va olmosli marjon mavjud.

 Jinoyatchilar muzey xodimlari kiyimida qurilish krani orqali ichkariga kirgan va ikki vitrinani ochib, buyumlarni olib chiqib ketgan. Ichki ishlar vaziri Loran Nunes ularni “tajribali jamoa” deb atadi va chet ellik bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Jinoyatchilar qochish chog‘ida Yevgeniyaning imperial tojini tushirib yuborgan, u keyinchalik muzey tashqarisidan topilgan. Holat yuzasidan tergov davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News