To‘y bekor, quchoqlash pullik: kelin $4200 undirdi

To‘y bekor, quchoqlash pullik: kelin $4200 undirdi
  • 0
  • 16.10.2025 14:44:00
  • 1 min read

Xitoylik qiz unashtirilgan yigitidan tahminan 28 ming dollar miqdoridagi to‘y sovg‘asini olgach, nikohni bekor qildi. Ushbu juftlik o‘tgan yili sovchi orqali tanishgan, yanvar oyida unashtirilgan va noyabrda to‘y marosimini o‘tkazishni rejalashtirgan. Kuyov tomon to‘yga tayyorgarlik ko‘rib, mehmonxonani ham band qilib qo‘ygan. Undan tashqari juftlik to‘y fotosessiyasini ham o‘tkazishgan. To‘y bo‘lishiga bir necha hafta qolganda esa, kelin kuyovni juda halol va kam pul topadi, deb hisoblab, to‘yni bekor qildirgan. “Qalin puli”ni esa qaytarishini, faqat kuyov fotosessiya vaqtida uni quchoqlagani uchun $4200 dollarni olib qolishini bildirgan. Keyinchalik kelin kuyov bilan urushmagan, $4200 dollar ichiga uchrashuvlardagi shaxsiy xarajatlarni ham qo‘shganini tushuntirgan. So‘ng tomonlar kelishuvga erishib, 24 ming dollar kuyovga qaytarilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News