Vashingtonda ham 1-sentabr “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qilindi

Vashingtonda ham 1-sentabr “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qilindi
  • 2
  • 29.08.2026 13:51:00
  • 1 min read

AQSH poytaxti Vashington meri Muriel Bouzer 2026-yil 1-sentabrni shaharda “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qiluvchi maxsus farmoyishni imzoladi.

Deklaratsiyada O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning boy madaniy merosi va erishgan yutuqlari e’tirof etilgan. Shuningdek, AQSH O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgani qayd etilgan.

Mer O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, shuningdek, Vashingtondagi o‘zbek jamoatchiligining shaharning madaniy hayotidagi o‘rnini alohida ta’kidlagan.

 

Avvalroq Sietl shahri meri ham 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qilgandi.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News