Namangandagi bog‘chada ombor mudiri 5 yoshli qizni zo‘rladi

Namangandagi bog‘chada ombor mudiri 5 yoshli qizni zo‘rladi
  • 11
  • 22.09.2026 16:06:00
  • 1 min read

Namangan viloyatidagi davlat bog‘chalaridan birida ishlovchi ombor mudiri 5 yoshli tarbiyalanuvchi qizni zo‘rlagani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan 12-sentabr kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi K.M. shu kunning o‘zida ushlangan va unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi — 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish hamda 112-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari ta’minlanishini kuzatib borayotganini ma’lum qildi.

Manba: Daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News