O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi
  • 3
  • 21.09.2026 14:59:00
  • 1 min read

O‘zbekiston delegatsiyasi 2026-yilgi Osiyo o‘yinlarida ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi. Karatechi Abdulvahob Rashidov -67 kg vazn toifasida chempion bo‘ldi.
Rashidov finalda mezbon Yaponiya vakili Yugo Kozakini 7:5 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronzaga yetdi.
Bungacha karatechi Humoyunmirzo Halimov kumush, aralash jang san’atining modern yo‘nalishida ishtirok etgan Nodirbek Shavkatov esa bronza medalni qo‘lga kiritgandi.
Medallar jadvalida hozircha Xitoy 20 ta oltin bilan yetakchilik qilmoqda. Yaponiya 8 ta, Janubiy Koreya 5 ta, Qozog‘iston esa 4 ta oltin medal bilan keyingi o‘rinlarda bormoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News