
- 1
- 13.10.2025 14:45:00
- 1 min read
Yaponiyaning Osaka shahrida o‘tayotgan EXPO–2025 butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston pavilyoni “Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi” nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Mamlakat “Bilimlar bog‘i: kelajakdagi jamiyat uchun laboratoriya” konsepsiyasi bilan ishtirok etgan. Pavilyon O‘zbekistonning an’analari va innovatsiyalar uyg‘unligini yuksak darajada namoyish etgani uchun e’tirof etilgan.
Saida Mirziyoyeva bu g‘oya jahon hamjamiyatida katta aks-sado berganini aytib, loyiha jamoasiga minnatdorlik bildirdi.
Butunjahon koʻrgazmalar byurosi (BIE) mukofoti 1928-yildan beri eng yaxshi pavilyon va ekspozitsiyalarni taqdirlaydi. O‘zbekiston EXPO ko‘rgazmalarida 1993-yildan beri ishtirok etib keladi. Bu — mamlakat tarixida ilk bor olingan oltin BIE mukofoti.