O‘zbekistonda hayvonlarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanadi

O‘zbekistonda hayvonlarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanadi
  • 0
  • 03.08.2026 10:51:00
  • 1 min read

7-avgustdan boshlab O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan yoki ko‘paytiriladigan hayvonlarni majburiy identifikatsiya qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi kuchga kiradi.

Qonunga ko‘ra:

🔹 qoramol, ko‘y, echki va tuyalar – tug‘ilganidan 14 kundan keyin;
🔹 otlar – tug‘ilganidan 4 oydan keyin;
🔹cho‘chqalar tug‘ilganidan – 1 oydan keyin;
🔹 itlar va mushuklar – tug‘ilganidan 3 oydan keyin ro‘yxatga olinishi shart.

O‘zbekistonga olib kirilgan hayvonlar esa 21 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Shuningdek, so‘yilgan, nobud bo‘lgan yoki mamlakat hududidan olib chiqilgan hayvonlar 7 kun ichida hisobdan chiqariladi. Hayvonlarni identifikatsiya qilish va ro‘yxatga olish Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Qonunga ko‘ra, hayvon egalari ularni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazishi, egasi o‘zgarganda qayta ro‘yxatdan o‘tkazishi hamda identifikatsiya qilinmagan hayvonlarni saqlamasligi shart.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News