
- 7
- 05.11.2025 12:04:00
- 1 min read
O‘zbekistonda qonunlarning bir xilda va samarali bajarilishini nazorat qilish uchun “Raqamli prokuror” tizimi joriy etiladi. Bu tizim orqali davlat organlari va tashkilotlar qonunlarning ijrosini masofadan kuzatish imkoniga ega bo‘ladi.
Shuningdek, “Tekshiruvlarning yagona elektron reyestri” va “E-tergov” tizimlari ishga tushadi. Ular jinoyat ishlarini elektron shaklga o‘tkazish, sud ekspertizasi tayinlash va moddiy zararni hisoblashni onlayn qilish imkonini beradi. 2026-yil 1-dekabrdan ushbu tizimning to‘liq versiyasi ishga tushiriladi. Tizim yordamida tergov jarayonlari tezlashadi, inson omili kamayadi va mas’uliyat oshadi. Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik va idoralarning axborot tizimlari ham integratsiya qilinadi.
Shu bilan birga, Bosh prokuratura negizida Raqamli texnologiyalar markazi tashkil qilinadi, 2026/27-o‘quv yilidan Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Kiberhuquq bakalavriat yo‘nalishi ochiladi.