
- 1
- 05.11.2025 19:32:00
- 1 min read
Qatarda start olgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston o‘smirlari 1-turda Paragvayni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yinda Azizbek Abdumo‘minov dubl qayd etdi.
Paragvay esa 89-daqiqada penaltidan hisobni qisqartirishga erishdi.
Guruhdagi boshqa o‘yinda Irlandiya Panamani 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Endi O‘zbekiston o‘smirlari 8-noyabr kuni Irlandiyaga qarshi maydonga tushadi.