O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi
  • 3
  • 25.08.2026 13:14:00
  • 1 min read

2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu bir yil avvalgidan 4,8 mlrd dollarga ko‘p. Davlat qarzining mamlakat YaIMdagi ulushi 27 foizni tashkil etgan.

Qarzning 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarzdir.

Tashqi qarzning 22,5 mlrd dollari xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan. Eng yirik kreditorlar — Jahon banki (9,1 mlrd dollar) va Osiyo taraqqiyot banki (8,2 mlrd dollar). Xitoy banklaridan 3,9 mlrd dollar, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va boshqa tashkilotlardan 3,1 mlrd dollar qarz olingan.

Tashqi qarzning eng katta qismi (20,5 mlrd dollar) davlat budjeti taqchilligini qoplashga sarflangan. Shuningdek, energetikaga 5,5 mlrd, transportga 3 mlrd, qishloq va suv xo‘jaligiga 3,3 mlrd, uy-joy kommunal xo‘jaligiga 3,4 mlrd dollar yo‘naltirilgan.

2019-yilda davlat qarzi 17,8 mlrd dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yil yakunida 46,85 mlrd dollarga yetgan.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News