O‘zbekistonning tashqi qarzi 72 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 72 mlrd dollardan oshdi
  • 2
  • 02.10.2025 16:50:00
  • 1 min read

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 72,2 mlrd dollarga yetdi. Shundan 36,8 mlrd dollar – davlat, qolgan 35,4 mlrd dollar – korporativ qarz. Bir yil ichida tashqi qarz hajmi 15,6 mlrd dollarga ko‘paygan. Davlat qarzi yil yakunida 45 mlrd dollardan oshishi, YAIMga nisbatan 36,7% bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Xalqaro moliya institutlariga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi qarz yukining darajasi hanuz “o‘rtacha” hisoblanadi, chunki ko‘p qismi imtiyozli shartlarda jalb qilingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News