
- 2
- 14.10.2025 13:39:00
- 1 min read
Vazirlar Mahkamasining 10-oktabr kungi qarori bilan imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi kasblar va lavozimlar ro‘yxatini shakllantirish tartibi tasdiqlandi. Endilikda zararli yoki xavfli mehnat sharoitiga ega bo‘lgan kasb egalari uchun ro‘yxatga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritish jarayoni aniq tartibga solinadi. Xodimlar bunday takliflarni ikki nusxada tayyorlab, ish beruvchi va kasaba uyushmasiga taqdim etadi. Maxsus komissiya esa ish joyining xavfsizlik me’yorlariga, himoya vositalariga va texnik holatga e’tibor qaratib tekshiruv o‘tkazadi. Shu bilan birga, hukumat pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha islohot loyihasini ham muhokamaga qo‘ymoqda: erkaklar uchun 63 yosh, ayollar uchun 58 yosh etib belgilanishi taklif qilinmoqda.