
- 2
- 03.09.2026 18:38:00
- 1 min read
1-sentabrdan Hindiston fuqarolari uchun O‘zbekistonga 30 kungacha vizasiz kirish tartibi joriy qilindi.
Buning uchun ular AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Janubiy Koreya, Shengen davlatlari, Yaponiya, Avstraliya yoki Yangi Zelandiyaning amaldagi ko‘p martalik biznes yoki turizm vizasiga ega bo‘lishi va o‘z yoki uchinchi davlatga aviachiptasini taqdim etishi kerak.
Yangi tartib Hindiston bosh vaziri Narendra Modining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida kelishilgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu tartib ikki davlat o‘rtasidagi qatnovlarni yanada faollashtirishini ta’kidlagan.