O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha MDH davlatlarini ortda qoldirdi

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha MDH davlatlarini ortda qoldirdi
  • 2
  • 17.09.2026 15:55:00
  • 1 min read

O‘zbekiston Speedtest Global Index reytingida simli internet tezligi bo‘yicha MDH davlatlari orasida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Avgust oyida mamlakatda simli internetning o‘rtacha yuklab olish tezligi 94,23 Mbit/s dan 94,50 Mbit/s gacha oshdi. Natijada O‘zbekiston jahon reytingida 76-o‘rindan 73-o‘ringa ko‘tarildi.
Mobil internet tezligi ham oshdi. Avgust oyida uning o‘rtacha yuklab olish tezligi 62,42 Mbit/s dan 65,27 Mbit/s gacha yetdi. O‘zbekiston bu yo‘nalishda jahon reytingida 75-o‘rindan 72-o‘ringa ko‘tarildi.
Yil boshidan beri mobil internet tezligi 27 foizga oshgan. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi besh yilda O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida 65 pog‘onaga yuqorilagan.
Shu bilan birga, maktablarda internet infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ham rejalar belgilangan. 2030-yilgacha maktablarda bepul Wi-Fi nuqtalarini joriy etish, internet tezligini oshirish va 16 mingta kompyuter sinfini yangilash rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News