O‘zbekiston va Koreya sanoat sohasida yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston va Koreya sanoat sohasida yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yadi
  • 10
  • 15.09.2026 16:56:00
  • 1 min read

Shavkat Mirziyoyev Seul shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston–Koreya biznes-forumida mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha takliflarni ilgari surdi.

Davlat rahbari Koreya biznesini O‘zbekistonda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va infratuzilmani rivojlantirishga sarmoya kiritishga chaqirdi.

Ta’kidlanishicha, muhim minerallar sohasida yaqin yillarda 4 milliard dollardan ortiq mablag‘ evaziga 120 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bunda xomashyoni eksport qilishdan ko‘ra, uni chuqur qayta ishlash va tayyor yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishga e’tibor qaratiladi.

2030-yilgacha elektrotexnika sanoati hajmini 11 milliard dollarga, eksportni esa 5 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Shuningdek, biofarmatsevtika, transport va shahar infratuzilmasi, muhandislik hamda mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlarida ham qo‘shma loyihalarni amalga oshirish taklif etildi.

Prezident O‘zbekiston Koreya kompaniyalarining Markaziy Osiyodagi ishlab chiqarish va eksport xabiga aylanishi mumkinligini ta’kidlab, buning uchun O‘zbekiston–Koreya sanoat-texnologik alyansini tashkil etishni taklif qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News