O‘zbekiston va Hindiston savdo hajmini 2030-yilgacha 5 milliard dollarga yetkazadi

O‘zbekiston va Hindiston savdo hajmini 2030-yilgacha 5 milliard dollarga yetkazadi
  • 3
  • 31.08.2026 09:34:00
  • 1 min read

Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Asosiy kelishuvlar:

 

🔹 Savdo — 2030-yilgacha o‘zaro tovar ayirboshlashni 5 milliard dollarga yetkazish.

🔹 Sanoat — energetika, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.

🔹 Siyosiy hamkorlik — parlamentlar, Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi faoliyatini kuchaytirish.

🔹 Hududlararo aloqalar — Andijon–Gujarat, Farg‘ona–Haryana va Samarqand–Agra o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish.

🔹 Madaniy aloqalar — madaniyat kunlari, konsertlar, ko‘rgazmalar va kinofestivallarni muntazam o‘tkazish.

🔹 Xalqaro hamkorlik — BMT, ShHT, BRICS va boshqa xalqaro tashkilotlarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish.

 

Muzokaralar yakunida kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq “yo‘l xaritalari” ishlab chiqishga kelishib olindi va Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindiston Bosh vaziri Narendra Damodardas Modini O‘zbekiston Respublikasining “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News