O‘zbekiston va Ozarboyjon 2027-yilgi FIFA U-20 jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston va Ozarboyjon 2027-yilgi FIFA U-20 jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
  • 5
  • 03.10.2025 07:28:00
  • 1 min read

FIFA Kengashining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston va Ozarboyjon 2027-yilgi 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilishi belgilandi.
Bu musobaqa FIFA tomonidan o‘tkaziladigan milliy terma jamoalar chempionatidan keyingi ikkinchi eng nufuzli turnir hisoblanadi. O‘zbekiston ilk bor bunday mundialga mezbonlik qiladi.

FIFA U-20 jahon chempionati 1977-yildan buyon o‘tkazilib kelinadi. Eng ko‘p g‘alabaga Argentina (6 marta) va Braziliya (5 marta) erishgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News