
- 2
- 24.08.2026 11:48:00
- 1 min read
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Shuningdek, Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishi qarori qabul qilindi.
Prezidentlar huzurida imzolangan hujjatlar:
➖Pensiya taʼminoti sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
➖Madaniyat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
➖Turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
➖2030-yilga qadar tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish boʻyicha dastur;
➖Investitsiyalar va savdo sohasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi;
➖Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2027-2028-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
➖Adliya vazirliklari oʻrtasida 2027-2028-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
➖Kinologiya sohasida tajriba almashish va hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
➖Urganch va Xonkendi, Buxoro va Lochin, Urganch va Naxchivon shaharlari oʻrtasida birodarlik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi bayonnomalar.
Tashrif doirasida Nizomiy Ganjaviy nomidagi pedagogika universitetining Yangi Toshkentdagi yangi kampusi ham ochildi. Prezidentlar, shuningdek, Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘ini barpo etish ishlariga start berdi.