
- 2
- 03.09.2026 12:55:00
- 1 min read
Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov “O‘zbekfilm” kinostudiyasining 1 milliard so‘mdan ortiq soliq qarzi to‘liq qoplanganini ma’lum qildi.
Shuningdek, auksionga qo‘yilishi rejalashtirilgan 12 ta avtomobil kinostudiya ixtiyoriga qaytarildi. Endi xodimlarga to‘lanishi kerak bo‘lgan 3 milliard so‘mdan ortiq ish haqi qarzdorligini qoplash rejalashtirilmoqda.
“O‘zbekfilm” oldidagi eng katta muammolardan biri esa 22 million yevrolik kredit majburiyati bo‘lib qolmoqda. Kinostudiyani 10 gektar yer maydoni bilan birga garovdan ozod qilish va kredit masalasini hal etish bo‘yicha tegishli idoralar bilan ish olib borilayotgani bildirildi.