Turkiyada o‘zbekistonlik kelin to‘ydan keyin tilla taqinchoqlarni olib qochib ketganlikda ayblanmoqda

Turkiyada o‘zbekistonlik kelin to‘ydan keyin tilla taqinchoqlarni olib qochib ketganlikda ayblanmoqda
  • 2
  • 05.09.2026 14:04:00
  • 1 min read

Turkiyaning Mug‘la viloyati Milas tumanida 3 kechayu 3 kunduz davom etgan dabdabali to‘y ortidan kutilmagan mojaro yuz berdi.

O‘zbekistonlik kelin to‘yda taqilgan qiymati qariyb 4–5 million liralik tilla va taqinchoqlar bilan qochib ketgani iddao qilindi.

Kuyovning oilasi kelin va tillalar yo‘qligini bilib, prokuraturaga murojaat qilgan. Shundan so‘ng boshlangan tergov doirasida kelin qo‘lga olingan. Biroq kelin ayblovni rad etgan. 

Uning aytishicha, u onasining uyiga ketgan va o‘zi bilan faqat 20 dona chorak tilla hamda 226 ming lira olgan. Politsiya uning uyini tintuv qilgan, ammo yo‘qolgan deb aytilayotgan boshqa tilla buyumlar topilmagan.

Hozircha taqinchoqlar qayerdaligi noma’lum. Holat yuzasidan tergov davom etmoqda.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News