
- 2
- 20.10.2025 15:12:00
- 1 min read
CNN Travel portali dunyodagi eng yaxshi 50 non ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida o‘zbek noni ham bor. 18-oktabrda chop etilgan maqolada aytilishicha, gul va naqshlar bilan bezaladigan, tandirda yopiladigan o‘zbek noni ta’mi, tayyorlanish usuli va ko‘rinishi bilan ajralib turadi. O‘zbekistonda har bir hududning noni o‘ziga xos shakl va mazaga ega ekani qayd etilgan. Ro‘yxatda, shuningdek, arman lavashi, italyan fokachchasi, fransuz bageti, gurji xachapurisi, rus karavayi va yapon melonpani ham joy olgan.