O‘zbek–afg‘on chegarasi fuqarolar uchun ochildi

O‘zbek–afg‘on chegarasi fuqarolar uchun ochildi
  • 1
  • 02.12.2025 16:15:00
  • 1 min read

Termiz–Hayraton ko‘prigi orqali O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida fuqarolarni o‘tkazish punkti yana ishga tushdi. Endilikda yo‘lovchilar ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va xavfsiz harakatlana oladi, amaldagi viza talabi esa saqlanadi. 2021-yildagi cheklovlar sabab tadbirkorlar Mozori Sharifga borish uchun Tojikiston orqali bir kunlik aylanma yo‘lni bosib o‘tishga majbur edi. Endi bu cheklovlar bekor qilindi.

Chegara ochilishi eksport qiluvchi korxonalar uchun ham qulaylik yaratadi. 2026-yilda Afg‘onistonga eksport hajmi 2,5 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda. Davlat tadbirkorlarni quyidagi imtiyozlar bilan qo‘llab-quvvatlaydi: ombor xarajatlarini 100% qoplash va mahsulotlarni 34 viloyatda reklama qilish xarajatlarini to‘liq kompensatsiya qilish.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News