Nyu York maktablarida kichik sinf o‘quvchilari uchun SIdan foydalanish taqiqlandi

Nyu York maktablarida kichik sinf o‘quvchilari uchun SIdan foydalanish taqiqlandi
  • 1
  • 03.09.2026 19:04:00
  • 1 min read

AQSHning Nyu York shahridagi davlat maktablarida 8-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish bir yilga cheklanadi. Bu tartib qariyb 600 ming o‘quvchiga taalluqli.
Yangi qoida sabab maktablarda foydalanilayotgan qariyb 40 ta ta’limiy SI dasturi vaqtincha to‘xtatiladi. Chat-botlardan foydalanish esa barcha sinflar uchun cheklanadi. Yuqori sinf o‘quvchilari uchun SI to‘liq taqiqlanmaydi. Ularga SI savodxonligi bo‘yicha darslar o‘tiladi va ayrim platformalardan o‘qituvchi nazorati ostida foydalanishga ruxsat beriladi. O‘qituvchilar esa dars rejasini tuzish va boshqa ishlarida SI’dan foydalanishda davom etishi mumkin.
Nyu York meri Zohran Mamdani qarorni bolalarning o‘qituvchilar va tengdoshlari bilan bevosita muloqot qilishi, mustaqil fikrlashi va muammolarni o‘zi hal qilishini ta’minlash zarurati bilan izohladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News