AQSH politsiyasi “uyga begona keldi” hazilini to‘xtatishga chaqirdi

AQSH politsiyasi “uyga begona keldi” hazilini to‘xtatishga chaqirdi
  • 0
  • 15.10.2025 16:09:00
  • 1 min read

AQSHning turli shaharlaridagi politsiya bo‘limlari o‘smirlarni virusga aylangan pranklaridan voz kechishga chaqirmoqda. Hazilda AI yordamida uyga kirgan begona, sochlari chalkash erkakning fotosuratlari yaratiladi va o‘smirlar ota-onalariga ularni uyga kiritganliklarini aytib xabar yuboradi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, bu hazil ko‘pincha vahimaga olib keladi va ota-onalar 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, politsiyani keraksiz chaqiradi. Ushbu prank butun dunyoda trendga aylandi, hatto O‘zbekistonda ham.

 
Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News