
- 0
- 11.03.2026 12:24:00
- 1 min read
AQSH Isroildan Eronning energetika infratuzilmasi, ayniqsa neft obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni so‘radi. 7-mart kuni Isroil aviatsiyasi Tehron va Karajdagi neft omborlariga hujum qilgan, bu esa poytaxtda “qora yomg‘ir” paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
AQSHning Tramp ma’muriyati Isroilga bunday zarbalarni to‘xtatish uchun uchta sababni bildirgan:
1. Zarba Eron fuqarolariga zarar yetkazishi mumkin;
2. Urush tugagach, Eron neft sektori bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi;
3. Zarba Fors ko‘rfazi mamlakatlarida keng ko‘lamli javob hujumlariga olib kelishi mumkin.
AQSH Eron neft obyektlariga hujumni faqat oxirgi choralar ssenariysi sifatida ko‘rib chiqmoqda va yangi hujumlar jahon xomashyo narxining oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.