
- 2
- 23.11.2026 11:43:00
- 1 min read
Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov şaxmat böyiça jahon çempionligi uçun amaldagi çempion Gukeş Dommarajga qarşi ilk partiyani oq donalarda ötkazadi. Jenevada bölib ötgan qurʼa taşlaş marosimida Sindarovning birinçi öyinda oq donalarni boşqarişi belgilandi.
Jahon çempionligi uçun bahsning birinçi partiyasi 24-noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi. Musobaqa oldidan Sindarov, Gukeş va FIDE prezidenti Timur Turlov iştirokida matbuot anjumani ham ötkazilişi rejalaştirilgan.
Toşkentda ham grossmeysterni qöllab-quvvatlaş uçun maxsus fan-zona taşkil etiladi. U Webster universitetida bölib, muxlislar öyinlarni birgalikda tomoşa qilişlari, şuningdek, sovrinli şaxmat turnirlarida qatnaşişlari mumkin.
Maʼlumot uçun, Sindarov yaqinda AQŞning Sent-Luis şahrida ötkazilgan Clutç Çess: Çampions Şowdown turnirida 20,5 oçko bilan ğoliblikni qölga kiritgan edi. U musobaqadagi ğalabasi uçun qöşimça bonuslarsiz 125 ming dollar mukofot olgan.
Endilikda grossmeyster öz faoliyatidagi eng muhim bellaşuvlardan birida jahon şaxmat tojini qölga kiritiş uçun kuraşadi.