
- 2
- 25.08.2026 11:18:00
- 1 min read
O‘zbekistonda noqonuniy migratsiyani tashkil etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin. Bu haqdagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Loyihaga ko‘ra, noqonuniy migratsiyani tashkil etish, unga rahbarlik qilish yoki transport va turar joy bilan yordam berish 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Agar jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan, takroran, mansabdor shaxslar yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilsa, 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi taklif etilmoqda.
Harakatlar o‘ta yirik miqdorda, inson hayoti yoki sog‘lig‘iga xavfli usulda sodir etilsa yoki og‘ir oqibatlarga olib kelsa, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi mumkin.
Qonun loyihasi muhokamasi 8-sentabrgacha davom etadi.