Toshkentda yer osti quvuri yorilib, yo‘l o‘pirildi

Toshkentda yer osti quvuri yorilib, yo‘l o‘pirildi
  • 3
  • 03.09.2026 18:36:00
  • 1 min read

Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi Glinka ko‘chasida yer ostidagi quvur yorilishi oqibatida yo‘l o‘pirildi. Hodisa sabab ayrim avtomobillarga zarar yetgan.

Voqea joyiga Veolia Energy’ning avariya-tiklash brigadasi va mutaxassislari yetib kelgan. Bir kishi yengil tan jarohati olgan.

Hozirda Glinka ko‘chasida transport harakati vaqtincha cheklangan. Hodisaning sabablari o‘rganilmoqda.

Holat Toshkent shahar hokimligi tomonidan alohida nazoratga olingani ma’lum qilindi.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News