
- 1
- 19.08.2026 15:04:00
- 1 min read
Toshkent viloyatining Qorasuv—Bo‘ka—Bekobod yo‘lida Cobalt Sparkni quvib o‘tishda uning yo‘lini siqib qo‘ygan. Oqibatda Spark qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, ag‘darilgan.
YTHda Spark haydovchisi bo‘lgan 39 yoshli erkak va uning 5 yoshli farzandi halok bo‘lgan. Yana bir ayol shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa 15-avgust kuni soat 09:30 larda sodir bo‘lgan. Cobalt haydovchisi shu kunning o‘zida ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.