
- 2
- 22.08.2026 10:38:00
- 1 min read
Turkiya Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha xalqaro order berdi. Bu haqda Turkiya adliya vaziri Akin Gurlek ma’lum qildi.
Qaror Isroilning G‘azoga gumanitar yordam olib ketayotgan karvonni to‘sishi yuzasidan olib borilayotgan tergov doirasida qabul qilingan. Turkiya tomoni G‘azoda sodir etilayotgan jinoyatlar uchun mas’ullar javobgarlikka tortilishi kerakligini ta’kidladi.
Mamlakat bundan avval ham Netanyaxu va boshqa yuqori martabali isroillik mulozimlarga nisbatan xalqaro qidiruv e’lon qilgan.