Tupak Shakurning qotiliga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi

Tupak Shakurning qotiliga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi
  • 13
  • 14.10.2026 11:57:00
  • 1 min read

AQSHda reper Tupak Shakur qotilligini uyushtirganlikda aybdor deb topilgan 63 yoshli Dueyn “Keffe D” Devis umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. U 40 yil o‘tgach, muddatidan oldin shartli ozodlikka chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tupak Shakur 1996-yil 7-sentabr kuni Las-Vegasda avtomobilda ketayotganda o‘qqa tutilgan. To‘rtta o‘q tekkan 25 yoshli reper olti kundan keyin shifoxonada vafot etgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, otishma Las-Vegasdagi kazino ichida Devisning jiyani bilan Shakur hamrohlari o‘rtasida yuz bergan mushtlashuvdan keyin sodir bo‘lgan. Devis qasos olish maqsadida hujumni uyushtirganlikda aybdor deb topilgan.
U 2023-yilda hibsga olingan va hukm ustidan apellyatsiya berishini bildirgan. Shakurga bevosita kim o‘q uzgani esa rasman aniqlanmagan. Devis bilan o‘sha avtomobilda bo‘lgan boshqa uch kishi ham vafot etgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News