Tramp Venesuela bilan “tarixdagi eng yirik” neft bitimini tuzganini e’lon qildi

Tramp Venesuela bilan “tarixdagi eng yirik” neft bitimini tuzganini e’lon qildi
  • 3
  • 29.08.2026 17:49:00
  • 1 min read

Donald Tramp Venesuelaning 65 mlrd barreldan ortiq tasdiqlangan neft zaxiralari ustidan AQSH nazorati o‘rnatilishi bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, kelishuv AQSHning neft zaxiralari hajmini ikki baravardan ko‘proqqa oshiradi. Venesueladagi 17 ta strategik neft koniga 100 mlrd dollardan ortiq investitsiya kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Kelishuv AQSH va Venesuela vakillari, shuningdek, xususiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqilgan. Biroq hozircha qaysi kompaniyalar loyihada qatnashishi va AQSH neft zaxiralari ustidan nazoratni qanday amalga oshirishi haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Tramp kelishuvni jahon tarixidagi eng yirik neft bitimi deb atadi.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News