
- 3
- 02.09.2026 20:55:00
- 1 min read
28-avgust kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi temiryo‘l kesishmasida Gentra avtomobilini poyezd urib ketgan.
Avtomobil temiryo‘l kesishmasida to‘xtamagan. Hodisa oqibatida mashina ichida bo‘lgan 4 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.
Hozircha holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan.
Manba: Kun.uz