
- 9
- 30.09.2025 14:27:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent ko‘chalarida dahshatli YTH sodir bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 30-sentabr kuni soat 01:00 atrofida Mirzo Ulug‘bek tumanining Mustaqillik shoh ko‘chasida ro‘y bergan. Unda BYD va Lixiang L9 avtomobillari to‘qnashgan. Natijada Lixiang L9 haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.